Ko‘rkam xulq
Yordam

Yordam va aloqa

Taklif, savol yoki xato haqida xabar bermoqchi bo‘lsangiz — yozing, albatta javob beramiz.

info@arzucoder.uzXat yozish

Ko‘p so‘raladigan savollar

Qayerda to‘xtaganimni ilova eslab qoladimi?

Ha. Bosh sahifadagi “Davom ettirish” kartasi sizni oxirgi o‘qigan mavzuingizning aynan o‘sha joyiga qaytaradi.

Audio qanday tinglanadi?

Mavzu sahifasidagi “Tinglash” tugmasini yoki bob sahifasidagi “Bobni tinglash” tugmasini bosing. Bob mavzulari ketma-ket ijro etiladi, telefon qulflangan holda ham tinglash mumkin.

Matn juda kichik yoki katta ko‘rinyapti

O‘qish sahifasining yuqorisidagi “Tt” belgisini bosing yoki Profil bo‘limiga o‘ting — matn o‘lchami, fon (oq, sepiya, to‘q) va shriftni o‘zgartirishingiz mumkin.

Kechki rejimni qanday yoqaman?

Profil → Ko‘rinish bo‘limida “Kechki”ni tanlang. “Avto” tanlansa, ilova telefon sozlamasiga qarab o‘zi almashadi.

Audio ijro etilmayapti

Telefon ovozi o‘chirilmaganini va “jim” rejimda emasligini tekshiring. Muammo takrorlansa, ilovani yopib qayta oching yoki bizga yozing.

O‘qish natijalarimni qanday tozalayman?

Profil bo‘limining pastidagi “O‘qishni boshidan boshlash” tugmasini bosing. Saqlangan mavzular o‘chmaydi.

Ma’lumotlarni o‘chirish

Ilovada hisob (akkaunt) yo‘q va hech qanday ma’lumot serverga yuborilmaydi. Barcha ma’lumotlar faqat telefoningizda saqlanadi: ularni o‘chirish uchun ilovani telefondan o‘chirib tashlash kifoya. Batafsil — maxfiylik siyosatida.